9 Iyun 2023 yil
419
Giyohfurushlarning savdosi pishmadi
Muzrabot tuman IIB hamda DXX tuman bo‘limi xodimlari “Do‘stlik” mahallasida tadbir o‘tkazishdi. Jarayonda “Navro‘z” mahallasida yashovchi Daler Raimqulov (ism-sharifi o‘zgartirildi) 5 may kunidan 6 may kuniga o‘tar kechasi “Do‘stlik” mahallasi hududida boshqaruvdagi “Lada samara” rusumli avtomashinasida mijozga sof og‘irligi 0,49 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini o‘tkazayotgan vaqtida qo‘lga olindi. D.Raimqulovga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati