Germaniyaga ishga jo'natishni va'da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
2022 yil 2 fevral kuni Sho'rchi tumanida yashovchi, G'.Ilyos (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, S.Rashid 2020 yil noyabr oyida, Germaniya davlatiga ishga yuborishni va'da qilib, undan 400 (to'rt yuz) AQSh dollar pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan, ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, S.Rashid tumanning "Go'zallik" mahallasida yashovchi, B.Bozor va tumanning "Baxshitepa" mahallasida yashovchi, D.Dostonlarni ham 2020 yilda Germaniya davlatiga ishga yuborishni va'da berib, har biridan 400 (to'rt yuz) AQSh dollar pullarini olib, ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 6 fevral kuni S.Rashidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati