17 Avgust 2022 yil 410

Germaniyalik sayyohlarga yordam ko‘rsatildi

Sayohat qilish maqsadida, vohmizga Germaniya davlatidan kelgan 4 nafar sayyoh Termiz shahridagi San’at saroyi hududida xizmat olib borayotgan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlariga murojaat qiladi. Ularning murojaatiga ko‘ra, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash guruhi mas’ul xodimlari viloyatimizdagi turistik salohiyatga ega joylar haqida ma’lumot berish bilan birga, ko‘chalarda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanib yurgan fuqarolarga aldanib qolmasliklari uchun yo‘nalish ko‘rsatishdi.

Bundan tashqari, Germaniya Respublikasi fuqarolari Karl Ulrich, Volfrang Gertrud, Rudolf Fridrich hamda Jurgen Andreaslar Tojikiston Respublikasiga o‘tib, sayyohat qilish istagini bildirgani uchun Termiz shahridagi Temir yo‘l bekatiga qadar kuzatib borildi va temir yo‘l kassasi orqali Sariosiyo tumaniga qadar yetib borishlari uchun chiptalarni olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ularga Sariosiyo tumanidan Tojikiston Respublikasiga o‘tishlari uchun mobil ilova orqali yo‘nalishni aniqlashlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech