General-mayor B.Mirzarahimov Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida o‘rganish ishlarini davom ettirdi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov kriminogen
vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish,
sodir etilganlarini fosh etishning ahvoli, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish
maqsadida Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on hamda Qumqo‘rg‘on tumanlariga tashrif
buyurdi.
Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan IIV Surxondaryo akademik litseyida
o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quvchilar ovqatlanadigan
oshxona, yotoqxonalarni ko‘zdan kechirdi va dars mashg‘ulotlari jarayonlarida o‘quvchilarning
qanday bilim olishayotganini o‘rgandi, ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Shundan so‘ng, Jarqo‘rg‘on tumanidagi A.Navoiy va Qumqo‘rg‘on tumanidagi
“Bog‘aro” mahallalaridagi aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini
olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahalla yettiligi faoliyati
qay tarzda olib borilayotgani bilan qiziqdi va bu borada tegishli taklif va tavsiyalarni
ham berib o‘tdi.
Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limida
xodimlarning xizmat faoliyati bilan tanishgach, ularga kerakli yo‘riqnomalarni aytib
o‘tdi.