1 May 2021 yil 569

Gaz balonlari olib berishni va'da qilgan firibgar

Angor tumanida 2021 yil 16 mart kuni, tumanning "qadimiy Angor" mahallasida yashovchilar, N.N., Q.M., Sh.N. ismli ayollar va A.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda tumanning "Sharq-guli" mahallasida yashovchi, T.X. shu yilning mart oyida, "Angor tuman gaz ta'minoti korxonasida ishlayman, gaz balon olib beraman!"-deb, aldab, 875.000 (sakkiz yuz etmish besh ming) so'm pullarini olib ketganligini bildirishgan. 8 aprel kuni o'zgalarning ishonuvchanligidan foydalanib, ularning pullarini olib firibgarlik yo'li bilan o'zlashtirgan T.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech