11 Aprel 2021 yil 517

"Gashish" sotuvchisi jinoyat ustida qo'lga olindi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 31 mart kuni, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "A.Navoiy" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, g.O. mijozga 0,44 gramm miqdordagi "gashish" giyohvandlik moddasini 60.000 (oltmish ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Gashish sotuvchisi o.G.ga nisbatan 3 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech