Fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash muhim va dolzarb vazifa
Joriy yilning 15 oktabr kuni Termiz shahar ichki ishlar bo'limida, ichki ishlar organlari hududiy bo'linmalari shaxsiy tarkibi o'rtasida "Terroristik va ekstremistik harakatlar hamda portlovchi qurilmalar haqida tushunchalar" mavzusida o'quv-amaliy mashg'ulot o'tkazildi.
O'tkazilgan yig'ilishda, Termiz shahar IIB boshlig'i podpolkovnik A.Normamatov, O'zbekiston Respublikasi IIV MOMB Surxondaryo viloyati bo'yicha maxsus otryad komandiri podpolkovnik S.Ochildiev va O'zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik o'quv markazi portlash texnikasi tayyorgarligi tsikli katta instruktor o'qituvchisi kapitan A.Mamatqulovlar ishtirok etishdi.
Termiz shahar IIB boshlig'i podpolkovnik A.Normamatov so'zga chiqib, kun tartibidagi masala bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi. Shundan so'ng, yig'ilish ishtirokchilari mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirishdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kelgusida terroristik va ekstremistik harakatlarni aniqlash va oldini olish borasida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalarni belgilab olindi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta'minlash, sodir etilishi mumkin bo'lgan terrorchilik-qo'poruvchilik va favqulotda harakatlarni oldini olish maqsadida, hozirgi davrda terrorchilik tashkilotlari tomonidan tayyorlanayotgan qo'lbola portlovchi moddalar bo'yicha tayyorlangan slaydni qo'yib, tushunchalar berib o'tish bilan birga kelgusida mazkur holatlarda IIO xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatlar hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida o'zlarining fikr va muloxazalarini bildirib tinglovchilarning bergan savollariga javob berib o'tdilar.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati