17 Yanvar 2022 yil
372
Fuqaroga nisbatan qastdan shikast etkazishda ayblanib, qidiruvda bo'lgan 42 yoshli erkak Termiz shahrida YPX xodimi tomonidan ushlandi
2022 yil 16 yanvar kuni soat 10:30 larda, Termiz shahar "Manguzar" YPX maskanida YPX xodimi Z.Jumaev tomonidan to'xtatilgan "Kobalt" avtomashinasi haydovchisi Sh. O' va unga tegishli bo'lgan avtoulovning ma'lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasida ko'rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, hozirda qidiruvdaligi ma'lum bo'lgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qidiruvda bo'lgan fuqaro Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasiga topshirilgan.
Yo'llarda tekshiruvlar davom etmoqda.