Fuqarolarning murojaatlari o‘rganish maqsadida, Uzun tumanining tog‘li hududida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va Fuqarolikni
rasmiylashtirish boshqarmasining joriy yil II-yarim yilligiga mo‘ljallangan
rejasiga asosan, viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi
boshlig‘i mayor X.Xalliev
hamda boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirokida, aholining muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida,
Uzun tumanining tog‘li hududi bo‘lgan Bobotog‘da
joylashgan “Bobotog‘”, “Oqmachit”, “Toltug‘ay” va “Yangiobod” mahallalarida sayyor
qabul o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor
qabul davomida 78 nafar fuqarolar o‘z murojaatlari
bilan ishtirok etishdi.
Shulardan, 26 nafar tuman hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish masalasida murojaatlari
qabul qilinib, ularga O‘zbekiston
Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
to‘g‘risida”gi Qonunining 6-19-moddalari
talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tan olish
va umumiy tartibda qabul qilish bo‘yicha hujjatlar
topshirish tartiblari yuzasidan
huquqiy maslahatlar
berildi.
Shuningdek, 44 nafar tuman markaziga borish imkoniyati bo‘lmagan keksa yoshdagi
hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 22 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida”gi PF-6065-son farmoni
talablari asosida belgilangan tartibda identifikatsiya ID-kartalar bilan rasmiylashtirib
berilgan bo‘lsa, yana
8 nafar tuman xududida
vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashab kelayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarolariga
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun qolishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 28-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish
tartibi to‘g‘risida”gi 593-son qaroriga asosan respublikada
vaqtincha va doimiy yashash tartiblari bo‘yicha huquqiy tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati