Firibgarning yana bir nayrangi; molingni so'yib, go'shtini sotib pulini beraman!
Uzun tumanida 2021 yil 15 dekabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasining xabariga ko'ra, 27 sentabr kuni tumanning "Bahoriston" mahallasida yashovchi, X.Elmurod (ism shariflar o'zgartirilgan) tumanning "Qarashik" mahallasida yashovchi, S.G'ulomning ishonchiga kirib, narxi 12.260.000 (o'n ikki million ikki yuz oltmish ming) so'mlik 1 bosh qoramolini so'yib, go'shtini sotib berishini aytib, ushbu go'shtning pullarini bermasdan o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. Bundan tashqari, X.Elmurod sentyabr oyida fuqaro J.Normurodning jami 65.775.000 (oltmish besh million yetti yuz yetmish besh ming) so'mlik 5 bosh qoramolni, S.Sanjarning jami 59.261.000 (ellik to'qqiz million ikki yuz oltmish bir ming) so'mlik 6 bosh qoramolini va L.Latifning jami 15.978.000 (o'n besh million to'qqiz yuz yetmish sakkiz ming) so'mlik 2 bosh qoramollarini so'yib go'shtini sotib berishini aytib, ushbu mollarni olib pullarini bermasdan o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 15 dekabr kuni X.Elmurodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati