31 Mart 2021 yil 538

Firibi boy berilgan firibgar

Sho'rchi tumanida 2021 yilning 9 mart kuni tumanning "Yoshg'ayrat" mahallasida yashovchi, J.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi Qumqo'rg'on tumani "pastxam" mahallasida yashovchi, J.A. 2020 yilning 30 oktyabr kuni taxminan soat 14.00 lar chamasida, fuqaro yu.R. nomida bo'lgan Neksiya rusumli avtomashinasini o'zining nomida ekanligini aytib, nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 38.000.000 (o'ttiz sakkiz million) so'm pulga sotib, avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 23 mart kuni J.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech