22 Sentyabr 2021 yil 413

Firibgarning yolg'oni fosh bo'ldi

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 9 sentyabr kuni, tumanning "Neftchilar" mahallasida yashovchi, K.Sharif O'zbekiston Respublikasi Prezidentining veb-sayti orqali murojaat qilib, unda tanishi, K.Isroil 2021 yil yanvar oyida, 2 bosh qora molini 23 500 000 (yigirma uch million besh yuz ming) so'mga kelishib olib, oradan 1 oy o'tib yana bir bosh qo'chqorini 2 300 000 (ikki million uch yuz ming) so'mga, ona bola sigirini 16 000 000 (o'n olti million) so'mga kelishib olib, "pulini 2021 yil 25 may kuniga beraman"-deb, aldab jami 41 500 000 (qirq bir million besh yuz ming) so'm pulini bermasdan o'zlashtirib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, K.Isroil qo'shnisi, B.Davronning 8 000 000 (sakkiz million) so'mlik Makka va er yong'oq urug'larini olib shundan 3 000 000 (uch million) so'mini berib, qolgan 5 000 000 (besh million) so'mini bermasdan ketganligini ma'lum qilgan. 15 sentyabr kuni K.Isroilga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech