30 Aprel 2021 yil
487
Firibgarning yana bir tuzog'i fosh etildi
Oltinsoy tumanida 2021 yilning 18 mart kuni, tumanning "Mirshodi" mahallasida yashovchi, D.Sodiq tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning sentyabr oyida, tumanning "Qurama 1" mahallasida yashovchi, q.Abror uning ishonchiga kirib, "yashash uyi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib beraman!"-deb, 6.000.000 (olti million) so'm pullarini olib o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 9 aprel kuni o'zgalarni o'zining hiyla va nayranglari bilan aldab pullarini o'zlashtirib yurgan q.Abrorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati