10 Fevral 2022 yil
860
Firibgarning va'dasiga ishonmang!
Denov tumanida 2022 yil 24 yanvar kuni shu tumanda yashovchi, J.Jasur (ism shariflar o'zgartirilgan) huquqtartibot organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil iyul oyida, mahalladoshi, X.Xolmat Toshkent viloyatidagi tanishlari orqali 5000 (besh ming) AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga jo'natishni va'da qilib, undan 2000 (ikki ming) AQSh dollar pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 2 fevral kuni X.Xolmatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-168-moddasi 2-qismi "a" bandi va 28-211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati