Firibgarning tuzog'iga tushib qolmang!
Termiz shahrida 2020 yilning 06 iyun kuni, Jarqo'rg'on tumani "Beshbuloq" mahallasida yashovchi M.J. Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yilning oktyabr oyida, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchi M.S. ismli shaxs o'zining yashash uyida, M.J.ni Koreya davlatiga ishlar uchun ketishida yordam berishini aytib, undan 4000 (to'rt ming) AQSh dollari, 2019 yil sentyabr oyida davlat boji uchun deb, 8.652.000 (sakkiz million olti yuz ellik ikki ming) so'm va viloyat mudofa ishlari boshqarmasidan ma'lumotnoma olish uchun deb 200 (ikki yuz) AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib uni Koreya davlatiga ishga jo'natmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. Bundan tashqari M.S. 2019 yil aprel oyida, yashash uyida, Muzrabod tumanida yashovchi T.Sh.ga Termiz shahrida qurilayotgan ko'p qavatli uylardan sotib olishda yordam berishini aytib 5200 (besh ming ikki yuz) AQSh dollarini olib, va'da qilingan uyni olib bermasdan ushbu pullarni ham o'zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan, 16 iyun kuni Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan M.S.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati