Firibgarning nayrangi: "qo'ng'iroq qilib olay...”
Angor tumanida 2021 yilning 05 mart kuni, tumanning "Sharq-guli" mahallasida yashovchi M.O. va 12 mart kuni, tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, Sh.B.lar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "Qorasuv" mahallasida yashovchi, B.M. 3 mart kuni, M.O.dan tumanning "Sharq guli" mahallasi hududida 3.500.000 (uch million besh yuz ming) so'mlik "SAMSUNG A-40" rusumli telefon apparatini hamda 4 mart kuni, Sh.B.dan tumanning "Navro'z" mahallasi hududida 1.100.000 (bir million yuz ming) so'mlik "SAMSUNG A-3" rusumli telefon apparatini "qo'ng'iroq qilib olay"- deb, aldab olib ketganligini bildirgan. 19 mart kuni fuqaro B.M. o'zining shaxsiy manfaatlari uchun firibgarlik jinoyatini sodir etganligi va o'z harakatlarining huquqiy oqibatlarini anglamaganligi natijasida sodir etgan jinoyati uchun unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati