Firibgarning firibi fosh bo'ldi
Sherobod tumanida 2020 yilning 8 iyun kuni, tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchi E.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil 29 oktyabr kuni tanishi, tumanning "Bog'iobod" mahallasida yashovchi X.Sh. uning ishonchiga kirib, "Xitoy Xalq Respublikasidan arzon narxlarda avtomashinalar uchun ehtiyot qismlar olib beraman"- deb aldab, 100.000.000 (yuz million) so'm pullarni olib o'zlashtirib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari X.Sh. 2019 yil dekabr oyida, tumanning "Bog'iobod" mahallasida yashovchi q.O'.ga ham "Xitoy Xalq Respublikasidan ehtiyot qismlar olib beraman" deb aldab, 72.000.000 (etmish ikki million) so'm pulini olib, o'zlashtirib ketganligini aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 20 iyun kuni X.Sh.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismining "b" bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati