5 Noyabr 2022 yil 351

Firibgarlik jinoyatini sodir qilib, javobgarlikdan qochib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Uzun tumanida 2022 yil may oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Uzun tumani “Oqostona” mahallasida yashovchi, J.Umid (ism shariflar o‘zgartirilgan) 29 oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan Uzun tumani hududida yurganligini aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech