8 Avgust 2022 yil
353
Firibgarlik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Uzun tumanida 2022 yil aprel oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Yangi hayot” mahallasida yashovchi, K.Tolib (ism shariflar o‘zgartirilgan) 27 iyul kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati