7 Noyabr 2021 yil 652

Firibgarlik yo'li bilan telefonni olib ketdi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 11 oktabr kuni, tumanning "Katta Sovur" mahallasida yashovchi, K.Robiya tuman IIBga murojaat qilib, unda 20 sentabr kuni soat 14:00 larda, tumanning "Bobotog'" mahallasi hududida joylashgan oshxonada uzun tumani "Xursan" mahallasida yashovchi, Ya.Bobur (ism shariflar o'zgartirilgan) ishonchiga kirib, 500.000 (besh yuz ming) so'mlik "Samsung J-2" rusumli, telefon apparatini aldab, olib ketganligini bildirgan. 21 oktabr kuni Ya.Boburga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech