14 Iyul 2020 yil 657

Firibgarlik yo'li bilan pullarni o'zlashtirdi

Termiz tumanida yashovchi tadbirkor N.F. Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning 28 noyabr kuni, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi D.O. ishonchiga kirib, oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib berishni va'da qilib, viloyat hududida faoliyat olib borayotgan banklarning birida akasi D.A.ning nomiga ochilgan hisob raqamiga 350.000.000 (uch yuz ellik million) so'm mikdorda pullarni o'tkazdirib olib, ushbu pullarni o'zlashtirib ketganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan 9 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech