14 Oktyabr 2021 yil 491

Firibgarlik yo'li bilan kredit mablag'larini o'zlashtirib ketdi

Termiz shahrida 2021 yil 3 oktabr kuni shahar IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, Jizzax viloyatida yashovchi, Termiz shahrida MCHJ rahbari, D.Ilyos va boshqa mas'ul xodimlar tomonidan shaharning "Katta-bog'" mahallasida yashovchi, S.Surayyoga MChJda mavjud bo'lgan tikuv mashinalari bilan ta'minlashni aytib, uning ishonchiga kirib, aldov yo'li bilan, uning nomiga ATB Surxondaryo viloyat filialidan 2021 yil 10 mayda ajratilgan 30 000 000 (o'ttiz million) so'm miqdoridagi kredit mablag'ini o'ziga tegishli bo'lgan MCHJ hisob raqamiga o'tkazdirib olib, o'zlashtirib ketganligi aniqlangan. Bundan tashqari, shaharning "Jo'yjangal" mahallasida yashovchi, oilaviy korxona rahbari, S.Komilani nomiga chiqarilgan 225 000 000 (ikki yuz ellik million) so'm kredit mablag'larini ushbu MCHJ hisob raqamiga o'tkazdirib olib, o'zlashtirib ketganligi ma'lum bo'lgan. D.Ilyosga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech