17 Dekabr 2020 yil 647

Firibgarlik: uyimni sotaman, olasizmi?

Denov tumanida 2020 yilning 25 noyabr kuni, tumanning "Oxlar" mahallasida yashovchi S.X. ismli ayol Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 03 oktyabr kuni, tumanning "Lolazor" mahallasida yashovchi, I.M. ismli ayol uning ishonchiga kirib, yashash uyini sotaman deb, aldab 30.000.000 (o'ttiz million) so'mga kelishib, oldindan 1000 (bir ming) AQSh dollarini olib o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 16 dekabr kuni I.M. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech