13 Dekabr 2021 yil 437

Firibgarlik qilgan Hulkarga jinoyat ishi ochildi

Termiz shahrida 2021 yil 8 noyabr kuni, shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchilar, D.Saodat, K.Kamila va M.Muxtorlar (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda shu mahallada yashovchi, X.Hulkar ularni ishonchiga kirib, "tadbirkorlik qilamiz!"-deb, 20 avgust kuni, D.Saodatdan 154.000.000 (bir yuz ellik to'rt million) so'm pulini, 13 sentyabr kuni, 14.600 (o'n to'rt ming olti yuz) AQSh dollarini va 27 sentyabr kuni, M.Muxtordan 29.820 (yigirma to'qqiz ming sakkiz yuz yigirma) AQSh dollarini aldab olib ketganligini bildirgan. 8 noyabr kuni X.Hulkarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech