13 Avgust 2021 yil 512

Firibgarlik qilgan cho'pon

Angor tumanida 2021 yil 31 iyul kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi, A.Akbar tuman IIBga murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi, J.Karim bilan og'zaki kelishuvga asosan, unga 2019 yil may oyida, 11 bosh qo'ylarni boqishi uchun berganligini va 2020 yil dekabr oyi boshlarida qo'ylarini qaytarib olmoqchi bo'lib borganida, J.Karim turli hil bahonalar qilib qo'ylarini qaytarib bermaganligini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, J.Karim 2020 yil yanvar oyida, tumanning "Sharq guli" mahallasida yashovchi, Ch.Bahodir bilan ham og'zaki kelishuvga asosan, undan olgan 11 bosh echkisi va 2 bosh qo'yini qaytirib bermaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 31 iyul kuni J.Karimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech