Firibgarlik qilgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Denov tumanida 2021 yil 20 iyul kuni, Oltinsoy tumani "Tog'aymurod" mahallasida yashovchi, X.Ilxom, tumanning "quyoshli yurt" mahallasida yashovchilar, M.Pardaxol va Sh.Zulfiyalar tuman IIBga murojaat qilishib, unda tumanning "Yangihayot" mahallasida yashovchi, I.Nodira ishonchiga kirib, "svoy dom" loyihasiga 2.220.000 (ikki million ikki yuz yigirma ming) so'mdan to'lov qilishlarini, mazkur pullarni bir hafta ichida 20.000.000 (yigirma million) so'm qilib qaytarib berishini aytib, ularning ishonchiga kirib, har biridan 2.220.000 (ikki million ikki yuz yigirma ming) so'mdan olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 23 iyul kuni I.Nodiraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati