15 Iyul 2020 yil 720

Firibgarlik: o'g'lingizni ichki ishlarga ishga kiritib qo'yaman

Sho'rchi tumanida 2020 yilning 01 iyul kuni, tumanning "Yoshg'ayrat" mahallasida yashovchi yu.E. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 17 fevral kuni, tumanning "hurlik" mahallasida yashovchi T.A., o'g'li P.Y.ni "ichki ishlar organlari"ga ishga kiritishni va'da qilib, undan 18.930.000 (o'n sakkiz million to'qqiz yuz o'ttiz ming) so'm pullarni olib, o'g'lini ishga kiritmasdan olgan pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan, 9 iyul kuni T.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech