Firibgarlik yo‘li bilan yer sotishni rejalashtirgan shaxs tezkor tadbirda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi
Termiz shahrida 2022 yil 3 dekabr kuni Termiz tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani, “Nurli diyor” mahallasida yashovchi, D.Sardorning (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga qilgan murojaati yuzasidan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahar “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, U.Qoqildi Termiz tumani hududidagi xususiy korxonaga xo‘jalik yuritish uchun ajratilgan 5.5 ga yer maydonini sotishni va hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan 285 000 000 (ikki yuz sakson besh million) so‘m pul talab qilib, D.Sardordan 100 000 000 (bir yuz million) so‘m pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. 3 dekabr kuni U.Qoqildiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati