19 Aprel 2022 yil 428

Firibgarlik yo‘li bilan ishga kiritmoqchi bo‘lgan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi

2022 yil 14 mart kuni Denov tumani “Chambil” mahallasi hududida Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida yashovchi, R.Kamronning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Denov tumanida yashovchi, S.Sarvqomad Sariosiyo tumanida joylashgan “Xondiza” koniga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, R.Kamrondan 1400 (bir ming to‘rt yuz) AQSH dollari va 1.100.000 (bir million bir yuz ming) so‘m pulini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. 26 mart kuni S.Sarvqomadga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech