10 Avgust 2022 yil 371

Firibgarlik yo‘li bilan yer maydonini sotishni rejalashtirgan shaxsning rejasi ish bermadi

Angor tumanida 2022 yil 1 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 18 iyul kuni Termiz shahrida yashovchi, S.Farangizning (ism shariflar o‘zgartirilgan) arizasiga asosan, shu kuni Angor tumani hududida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Muzrabot tumanida yashovchi, J.Imron ishonchiga kirib, “75 (yetmish besh) sotix yer maydonini 3700 (uch ming yetti yuz) AQSh dollar va 25.000.000 (yigirma besh million) so‘mga sotaman, kadastrda ishlovchi tanishlar orqali nomingizga rasmiylashtirib berman!”- deb, undan 65.000.000 (oltmish besh million) so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 1 avgust kuni J.Imronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech