16 Yanvar 2022 yil 396

Firibgarlik jinoyatini sodir qilib, qidiruvda bo'lgan denovlik ayol qo'lga olindi

2021 yil avgust oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininging 168-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Shayxontohir tumani sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Denov tumani "Lolazor" mahallasida yashovchi, S.Jamila (ism sharif o'zgartirilgan) Surxondaryo viloyati IIB patrul-post va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv va qidiruv ishlari natijasida Termiz shahri hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, 2022 yilning 14 yanvar kuni ushlanib, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasiga topshirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech