8 Iyul 2022 yil
346
Firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxsga, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz tumanida 2022 yil 1 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, 2022 yil 31 may kunida tumanning “Namuna” mahallasida yashovchi, D.Dilmurod (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga yozgan arizasida, 25 aprel kuni tumanning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, S.Salim 1 bosh chorva molini 14.000.000 (o‘n to‘rt million) so‘mga savdolashib olib ketib, pullarni bermasdan o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. 1 iyul kuni S.Salimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati