31 Mart 2022 yil 412

Firibgarlik jinoyatini sodir qilgan qidiruvdagi shaxs Farg‘onada qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2021 yil 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Sirdaryo viloyati Guliston shahar harbiy prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, S.Soatmurod (ism sharif o‘zgartirilgan) 24 mart kuni Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech