18 Yanvar 2022 yil
480
Firibgarlik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo'lgan denovlik shaxs qo'lga olindi
2021 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Denov tumani "Bahoriston" mahallasida yashovchi, S.Jasur (ism sharif o'zgartirilgan) Surxondaryo viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post bataloni xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv va qidiruv ishlari natijasida Denov tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, ushbu xodimlar tomonidan 2022 yilning 17 yanvar kuni ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati