17 Dekabr 2020 yil
642
Firibgarlik: arzon uy - joy olib beraman...
Termiz shahrida 2020 yil 16 dekabr kuni, shaharning "Navro'z" mahallasida yashovchi, B.Z. ismli ayol Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasigi ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil fevral oyida, Jarqo'rg'on tumani "dam" mahallasida yashovchi I.A. unnig ishonchiga kirib, shaharning "farovon" massivida qurilayotgan arzon uy olib berishni va'da qilib, aldov yo'li bilan 36.000.000 (o'ttiz olti million) so'm pulini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 16 dekabr kuni I.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati