16 Iyul 2020 yil
875
Firibgarlik: arzon narxda qurulish materiallarini olib beraman
Denov tumanida 2020 yil 9 iyul kuni, Sariosiyo tumani "Gulobod" mahallasida yashovchi, N.X. Denov tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yilning iyun oyida, tanishi tumanning "Oqtom" mahallasida yashovchi, A.A. uning ishonchiga kirib, arzon narxda qurulish materiallarini olib beraman deb, 70.000.000 (etmish million) so'm pulini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan, 13 iyul kuni A.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati