Firibgarlarning galdagi nayrangi ish bermadi
Sherobod tumanida 2021 yil 11 iyul kuni tumanning "Oqtepa" mahallasida yashovchi, A.Karomat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni yashash uyiga 2 nafar ayol kelib, "uyini dushmanlari "ilm-u amal duo" qilinganligi va yaqin kunlarda oila a'zolaridan biri o'lishligini aytib, ushbu holatlar yuz berishining oldini olish uchun duoni o'qish yo'li bilan bartaraf qilish evaziga 500.000 (besh yuz ming) so'm pul va 1 juft tillo zirak berishini talab qilib olib ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani "yangi qurilish" mahallasida yashovchilar, S.Nilufar va S.Yulduzlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 18 iyul kuni S.Nilufar va S.Yulduzlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati