22 Sentyabr 2021 yil
662
Firibgar xorijga ishga yuborishni va'da qildi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 15 sentyabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limiga tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Ibn Sino" mahallasida yashovchi, o.Jalol tuman IIBga 8 sentyabr kuni ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "Bobur" mahallasida yashovchi, T.Bobosher "Koreya davlatiga o'qishga jo'nataman!"- deb, 2019 yil 10 aprelda jami 2.850 (ikki ming sakkiz yuz elik) AQSh dollarini aldab olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 15 sentyabr kuni T.Bobosherga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati