28 Sentyabr 2021 yil 504

Firibgar xorijga ishga jo'natishni va'da qildi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 19 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Oynako'l" mahallasida yashovchi, J.Ilyos, 2020 yil dekabr oyida, tumanning "Joyilma" mahallasida yashovchi, X.Kamolning yashash uyiga borib, o'g'li X.Jamolni Koreya davlatiga ishga jo'natishini va'da qilib, undan 2400 (ikki ming to'rt yuz) AQSh dollar pullarini olib bergan va'dasini bajarmasdan, ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 19 sentyabr kuni J.Ilyosga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech