21 Sentyabr 2021 yil
408
Firibgar xorij davlati oliygohining Toshkent filialiga o'qishga kiritishni va'da qildi
Termiz shahrida 2021 yil 15 sentyabr kuni, shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shaharning "Kattabog'" mahallasida yashovchi, D.Sadoqat 12 iyul kuni shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Qashqadaryo viloyati qarshi shahrida yashovchi, K.Shahriyor uning ishonchiga kirib, "Rossiya Federasiyasi Kazan shahridagi tibbiyot institutining Toshkent filialiga o'qishga kiritaman"-deb, 3000 (uch ming) AQSh dollarini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 15 sentyabr kuni K.Shahriyorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati