24 Avgust 2022 yil 440

Firibgar o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni sotib daromad orttirishga urindi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 10 avgust kuni viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining xabariga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, S.Chorsham (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga bergan arizasiga asosan 5 avgust kuni Jarqo‘rg‘on tumani hududida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, U.Sobit o‘ziga tegishli bo‘lmagan 17 sotix yer maydonni 8.000 (sakkiz ming) AQSh dollariga sotishga kelishib, S.Chorshamdan 100.000.000 (bir yuz million) so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. U.Sobitga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech