13 Oktyabr 2022 yil 652

Firibgar “uylanish”ni va’da qilib, katta miqdordagi narsa buyumlarni o‘zlashtirib ketdi

Sherobod tumanida 2022 yil 5 oktabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning “Qo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, T.Diyora (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi, D.Javohir 2019 yildan hozirgi kunga qadar unga uylanishini aytib, jami 100 000 000 (bir yuz million) so‘mlik narsa buyumlarini o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. 5 oktabr kuni D.Javohirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech