7 Yanvar 2023 yil 364

Firibgar terminal orqali hisob raqamga pul o‘tkazib berishni va’da qildi

Denov tumanida 2022 yil 29 dekabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning “Bog‘i nav” mahallasida yashovchi, D.Jalal (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaatida, 2020 yil mart oyida, tumanning “Bobur” mahallasida yashovchi, E.Dilshod uning ishonchiga kirib, “terminal orqali bank hisob raqamingizga o‘tkazib beraman!”- deb, 595.314.000 (besh yuz to‘qson besh million uch yuz o‘n to‘rt ming) so‘m pulini olib ketganligi aniqlangan. 29 dekabr kuni E.Dilshodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech