Firibgar telefon shaydosi ekan-(mi)?
Тermiz shahrida 2020 yilning 11 dekabr kuni shaharning "Majnuntol" mahallasida yashovchi A.Z. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 30 noyabr kuni, shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasi hududida, 2.400.000 (ikki million to'rt yuz ming) so'mlik "Redmi 9 Note Pro" rusumli uyali telefon apparatini, Termiz shahrida yashovchi S.U. tanishiga qo'ng'iroq qilib olish uchun olib, qaytarib bermasdan voqea joyidan ketib qolganligini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, shaharning "Bo'ston" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, S.Sh. ham shahar IIBga qilgan arizasida, 15 noyabr kuni shaharning "Majnuntol" mahallasi hududida joylashgan dehqon bozori yonida, 1.600.000 (bir million olti yuz ming) so'mlik "Samsung A20 S" rusumli uyali telefon apparatini S.U. tanishiga qo'ng'iroq qilish bahonasida olib, qaytarib bermasdan voqea joyidan ketib qolganligini ma'lum qilgan. Muzkur holat yuzasidan 15 dekabr kuni S.U.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati