6 Noyabr 2021 yil 398

Firibgar Sobirning pullarini olib, chuv tushirib ketdi

Boysun tumanida 2021 yil 21 sentabr kuni tumanning "Mehrobod" mahallasida yashovchi, S.Sobir (ism shariflar o'zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Andijon viloyatida yashovchi, Sh.Sherzod ishonchiga kirib, 2200 kg gazmol (material) olib kelib berishni va'da qilib 7800 (etti ming sakkiz yuz) AQSh dollar pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 20 oktabr kuni Sh.Sherzodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech