9 Avgust 2021 yil 437

Firibgar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olib, pullarini o'zlashtirib ketdi

Angor tumanida 2021 yil 26 iyul kuni tumanning "Kattaqum" mahallasida yashovchi, A.Nigora tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 28 noyabr kunidan 08 dekabr kuniga qadar tumanning "madniyat" mahallasi hududidagi er maydoniga ekilgan sabzi maxsulotlarini Namangan viloyatida yashovchi, I.Ma'ruf 287 nafar ishchilarning 12.620.000 (o'n ikki million olti yuz yigirma ming) so'm pullarni bermasdan o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. Bundan tashqari I.Ma'ruf tumanning "Navbahor" mahallasida yashovchi, E.Usmonning 2020 yil noyabr oyida, "Madaniyat" mahallasigi 6 gektar er maydoniga ekilgan sabzi maxsulotini 120.000.000 (bir yuz yigirma million) so'mga sotib olganligini, boshidan 98.000.000 (to'qson sakkiz million) so'm pul berib, qolgan 22.000.000 (yigirma ikki million) so'mini bermasdan o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 26 iyul kuni I.Ma'rufga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech