17 Fevral 2022 yil 913

Firibgar pullarni bermadi

Muzrabot tumanida 2022 yil 17 yanvar kuni, Angor tumanida yashovchi, J.Akobir (ism shariflar o'zgartirilgan) Surxondaryo viloyati IIBning "102" qisqa raqamiga murojaat qilib, unda 2022 yil 5 yanvar kuni, mahalladoshi D.Ilyos, Muzrabot tumanida joylashgan molxonasidan, har birining bahosi 14.000.000 (o'n to'rt million) so'mdan bo'lgan 8 bosh qora mollarini savdolashib olib ketib, jami 112.000.000 (bir yuz o'n ikki million) so'm pullarini bermasdan o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 5 fevral kuni D.Ilyosga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech