26 Noyabr 2021 yil 535

Firibgar o'qishga kiritishni va'da qilib, pullarni o'zlashtirib ketdi

Termiz shahrida 2021 yil 5 noyabr kuni, shahar IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi, L.Jonibek (ism shariflar o'zgartirilgan) 2019 yil avgust oyidan 2019 yil dekabr oyiga qadar, mahalladoshi, I.Jamolni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib, shaharning "Bog'zor" mahallasida joylashgan to'yxona oldida, 19.800.000 (o'n to'qqiz million sakkiz yuz ming) so'm pulini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 5 noyabr kuni L.Jonibekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech