8 Iyun 2021 yil 481

Firibgar ona-bolaning qilmishi

Termiz shahrida 2021 yil 18 may kuni, shahar TBning xabariga ko'ra, Farg'ona viloyatida yashovchilar, S.Farida va uning qizi S.Farangizlar 2021 yil 07 mart kuni, shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasida joylashgan "zargarlik markazi"ga kelishib, u erda tillo taqinchoqlar savdosi bilan shug'ullanuvchi, M.Moximdan 9.800.000 (to'qqiz million sakkiz yuz ming) so'mlik turli xildagi tillo taqinchoqlarni olib, "ertaga pulini olib kelib beraman!"deb, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 17 may kuni Farangiz va Faridalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech