30 Mart 2021 yil
503
Firibgar olgan telefonlarni qaytarmadi
Angor tumanida 2021 yilning 23 fevral kuni, tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, B.Sh. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning yanvar oyida, Muzrabot tumani "Anorzor" mahallasida yashovchi, K.N. uning ishonchiga kirib, 6.000.000 (olti million) so'mlik "SAMSUNG S 9" va 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so'mlik "SAMSUNG A-21S" rusumli telefon apparatlarini olib ketganligini bildirgan. 22 mart kuni K.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O'zgalarning mol mulkini aldov bilan o'zlashtirishni maqsad qilgan K.N. endilikda haqiqat oldida javob berishiga to'g'ri keladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati